Talimoon

SHAXSIY HIKOYA

Bu shunchaki uning ismi yozilgan kitob emas.

Farzandingizning qiyofasi, xarakteri, qiziqishlari va Siz uning qalbiga yetkazmoqchi bo‘lgan ma’no — faqat u uchun yaratilgan hikoyada.

Tanish lahzalar

Bir gapni necha marta takrorlagansiz?

  • Yig‘layverma…
  • Injiqlik qilma…
  • Urishaverma…
  • Ukangga mehribon bo‘l…
  • Yaxshi o‘qi…
  • Yolg‘on gapirma…

U bu gaplarni eshitgan.

Balki yana aytish emas,
boshqacha yetkazish kerakdir.

Qanday ishlaydi

Nasihatni takrorlamaymiz.
Uni uning hikoyasiga aylantiramiz.

Farzandingizda nimani tarbiyalamoqchisiz?

Ota-ona

“O‘ziga ko‘proq ishonsa edi.”

Hikoya ichida

Qahramon qiyinchilikka duch keladi, qaror qiladi, urinib ko‘radi va kichik, chin g‘alabani boshdan kechiradi. Unga faqat “o‘zingga ishon” deyilmaydi — u o‘zidagi kuchni hikoya ichida ko‘radi.

Siz qalbiga nimani singdirmoqchi ekaningizni aytasiz.

Biz uni farzandingiz sevib qaytadigan hikoyaga aylantiramiz.

Bitta bola uchun yaratilgan

Bunday kitobni do‘kondan topa olmaysiz.

Bola o‘zini TALIMOON hikoyasi ichida quvonch bilan kashf etmoqda

Chunki u yerda sizning farzandingiz yo‘q.

  • Uning ismi.
  • Uning qiyofasi.
  • Uning dunyosi.
  • Uning yaqinlari.
  • Uning hikoyasi.

U kitobni ochgan lahza

“Bu men-ku!”

Bola sahifani ochadi va o‘z yuzini, o‘z xonasini, sevgan insonlarini — sarguzasht ichida yashayotgan holda ko‘radi.

OVOZLI XOTIRA

Farzandingiz uchun sizni eslatadigan bir ovoz qoldiring.

Surat bir lahzani saqlaydi. Ovoz esa insonning ohangini, mehrini va bizga qanday murojaat qilganini ham eslatadi.

TALIMOON kitobida farzandingiz uchun yozilgan so‘zlarni o‘z ovozingizda ham qoldirishingiz mumkin.

Bugun oddiy tuyulgan ovozingiz, bir kun uning eng qadrli xotiralaridan biriga aylanishi mumkin.

BUGUNBolaligida unga atalgan so‘zlar.
Farzand va unga kitobni taqdim etayotgan yaqin inson TALIMOON kitobi bilan birga
O‘sha bola ulg‘aygach, o‘sha TALIMOON kitobini yana qo‘lida ushlab turibdi
YILLAR O‘TGACHO‘sha so‘zlar. O‘sha haqiqiy ovoz.
  1. 01

    So‘zlaringizni qoldiring

    Farzandingiz uchun kitobda qolishini istagan shaxsiy so‘zlaringizni yozing.

  2. 02

    O‘z ovozingizda ayting

    Istasangiz, shu so‘zlarni 2 daqiqagacha haqiqiy ovozingizda yozib qoldiring.

  3. 03

    Kitob orqali yana tinglang

    Ovozli xotira tanlansa, yakuniy sahifadagi maxsus QR orqali saqlangan ovoz yana tinglanadi.

Shaxsiy xotira. Ovozli xotirangiz dastlab ommaviy e'lon qilinmaydi. U kitobingizdagi maxsus QR havola orqali ochiladi. Ovozli xotira ixtiyoriy. Audio tanlanmasa, kitob QR va ovozli xotirasiz tayyorlanadi.

Kitob bolalikni hikoya qiladi.
Ovoz esa sizni eslatib turadi.

Farzandingiz ulg‘ayadi. Ammo ayrim xotiralarni vaqt bilan birga olib yurish mumkin.

Farzandimning hikoyasini yarating

Qanday yaratiladi

Siz aytib berasiz. Biz uni kitobga aylantiramiz.

Bir necha oddiy qadam — va farzandingiz o'z hikoyasini qo'lida ushlab turadi.

Oila birga planshetda farzandi haqidagi ma'lumotlarni to'ldirmoqda

Farzandingiz haqida aytib berasiz

Uning dunyosi, qiziqishlari va Siz uchun muhim narsalar haqida bir necha oddiy savol.

Muallif shaxsiy hikoyani yaratmoqda — ekranda matn va rasmlar

Uning dunyosini tasvirlaymiz

Har bir sahna va tasvir farzandingiz hikoyaning haqiqiy qahramonidek his qilishi uchun yaratiladi.

TALIMOON bosmaxonasida tayyor shaxsiy qattiq muqovali kitoblar va sovg'a qutisi

Uning kitobi dunyoga keladi

Siz ko'rib chiqasiz, kitob ehtiyotkorlik bilan chop etiladi va oilangizga yetkaziladi.

Qattiq muqova · suratlardan anime uslubidagi illyustratsiya · faqat Siz aytgan ma'lumot asosida · 7–10 kunda tayyor

Uning hikoyasini boshlash →

Narxlar

Sodda va Shaffof narxlar

Yashirin to'lovlar yo'q. Har bir kitob buyurtma asosida tayyorlanadi.

Bitta farzand
499 000 so'mFaqat hozir 17% chegirma — avvalgi narx 600 000 so'm
600 000 so'm

15–20 betlik shaxsiylashtirilgan hikoya

Farzandingiz hikoyaning bosh qahramoni
Ularning suratlaridan yaratilgan maxsus illyustratsiyalar
Qattiq muqovali, umrbod saqlanadigan nashr
Bitta farzand tanlash
Bir nechta farzandEng ko'p tanlanadi
699 000 so'mFaqat hozir 18% chegirma — avvalgi narx 850 000 so'm
850 000 so'm

25–30 betlik shaxsiylashtirilgan hikoya

Barcha farzandlar bitta hikoyada birlashadi
Ularning suratlaridan yaratilgan maxsus illyustratsiyalar
Qattiq muqovali, umrbod saqlanadigan nashr
Bir nechta farzand tanlash
Qo'shimcha nusxalar: har biri +300 000 so'm
Yetkazib berish — Toshkent bo‘yicha bepul, boshqa viloyatlarga 40 000 so‘m
Tayyorlash muddati — 7–10 kun

Bugun siz unga nima deyishni istardingiz?

  • “Men senga ishonaman.”
  • “Sen mehribon bo‘la olasan.”
  • “Sen buni uddalaysan.”
  • “Men seni yaxshi ko‘raman.”

Endi buni uning hikoyasiga aylantiring.

U uchun yaratilgan. Uning qalbiga yetadigan. Boshqa hech kimda bo‘lmaydigan hikoya.

Farzandimning hikoyasini yaratish →

Bir nechta savol